Dembele o‘ziga yangi jamoa tanlab, ularga qiyin shart qo‘ydi!

  • 19 iyun, 2022, 18:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir necha kun qolgan Usmon Dembele “Chelsi”ga o‘tishga qarshi emas. Biroq bu transfer amalga oshishi uchun “aristokratlar” frantsiyalik hujumkor futbolchining shartlarini bajarishi kerak.

Tecno

Jurnalist Endi Dillonning xabar berishcha, 25 yoshli futbolchi “Chelsi” rahbariyatidan unga asosiy tarkibda muntazam o‘yin amaliyoti berilishini kafolatlashni talab qilmoqda.

Dembele Tomas Tuxel jamoasiga o‘tganidan keyin turli rotatsiyalar qurboniga aylanib qolishni istamayapti.

Usmon Dembele germaniyalik mutaxassisning ish uslubini yaxshi biladi. Tuxel 2016-2017 yili Dortmundning “Borussiya” klubida ishlagan va o‘shanda frantsiyalik futbolchi uning qo‘l ostida to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!