Dembele qachon sog‘ayadi?

  • 04.04.2020 15:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona” vingeri Usmon Dembele qachon sog‘ayib safga qaytishi ma’lum bo‘ldi.

Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, shifokorlar 22 yoshli frantsiyalik futbolchini iyul oyida to‘liq tiklanishini taxmin qilishmoqda. Aytish kerakki, La Liga o‘yinlari katta ehtimol bilan yozda davom ettirilishini inobatga olganda, Dembeleda bu mavsum maydonga tushish imkoniyati mavjud.

Usmonga yaqin manbaning xabar berishiga qaraganda, futbolchining tiklanish jarayoni reja bo‘yicha ketmoqda.

Usmon Dembele joriy mavsumning asosiy qismini davolanish bilan o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 9 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!