
Dembeledan tashqari yana bir vinger "Barselona"ni tark etishi mumkin
"Barselona" safini tark etayotgan Dembele bilan birga yana bir futbolchi boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Jerard Romero ma’lum qildi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Ansu Fati ushbu yozda o‘z jamoasini o‘zgartish ehtimoli bor. U Xavinig ishonchiga kira olmaganini biladi va Ispaniyada qolmoqchi emas. 21 yoshli vingerga bir qancha takliflar kelib tushgan. Xususan APLning ayrim klublari kurashda bor.
Fati o‘tgan mavsum "Barsa"ning 51 ta o‘yinida maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 4 ta assist amalga oshirgan.
Fikrlar