
Denis Istomin bugun chorak final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Nur-Sulton shahrida o‘tayotgan "Chellenjer" turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
Denis Istomin yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida germaniyalik Yulian Lentsni 7:5, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa bugun musobaqaning 1/8 final bosqichida Denis belgiyalik Ruben Bemelmansga qarshi kortga chiqadi. Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 10:00da boshlanadi.
Fikrlar