Desham: Mbappening jarohati jiddiy emas
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham hujumchi Kilian Mbappening olgan jarohati qay darajada ekani haqida gapirdi.
“Hech qanday jiddiy narsa yo‘q. Mbappe to‘qnashuvdan so‘ng to‘pig‘ida biroz og‘riq his qilgan xolos. Hech qanday xavf yo‘q va u keyingi o‘yinga tayyor”, - deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiyani oldinda 8 iyun kuni Turkiyaga qarshi va 11 iyun kuni Andorraga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Har ikkala bahs ham Evro-2020 saralashi doirasidan o‘rin olgan.
Fikrlar