Desham ochiqlandi: Mbappe haqiqatan ham "diktator"mi?

  • 05.07.2026 15:37
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jamoadagi yetakchi hujumchi Kilian Mbappe roli haqida fikr bildirdi.

– Sizningcha, Kilian Mbappe sardor sifatida yetarlicha yetilib ulgurdimi?

– Unga ba'zan g‘yo birovga hukm o‘tkazadigan shaxs sifatida baho beriladi. Men sizni emas, umumiy tasavvurni nazarda tutyapman. Aslida esa Kilian haqidagi bu tasvir mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Terma jamoa yig‘inlari boshlangan birinchi kundanoq u to‘g‘ri kayfiyat, to‘g‘ri munosabat bilan ishga kirishdi. U gapirganda, faqat o‘zini emas, butun jamoani ifodalaydi.

U menga futbolchilarning turli muammolarini yetkazadi, bu masalalar doim ham uning o‘ziga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin. Agar sen boshqalar haqida qayg‘ursan, o‘zingda muammo bo‘lmasligi kerak. Agar jamoada muammosiz o‘yinchi bor desak, bu – Kilian. Jamoa unga ergashadi. Bizda juda yaxshi jamoa shakllangan, u sardor bo‘lishi esa tabiiy holat. Chunki uni aynan men sardor sifatida tanlaganman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!