Dibalaning taqdiri nima bo‘ladi?

  • 14.01.2022 15:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Paulo Dibala hozircha o‘zining kelajak faoliyati borasida yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Bundan avvalroq argentinalik futbolchi “keksa sinora” maoshini oshirmayotgani sabab boshqa jamoaga o‘tmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq jurnalist-insayder Jovanni Albanezening xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi hozircha jamoasini o‘zgartirmoqchi emas va u agentiga yangi jamoa topish bo‘yicha topshiriq ham bermagan.

Dibala va "Yuventus" fevral oyida amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha yana muzokaralarga kirishishi kutilmoqda. Yangi shartnoma futbolchining ko‘rsatayotgan o‘yini va jamoadagi moliyaviy holatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqib darvozasiga 9 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!