Diego Simeone “Chelsi”dan shogirdini olishni so‘ramoqda

  • 21 avgust, 2021, 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” yarim himoyachisi Saul Niges tranfser oynasi yopilgunicha o‘ziga yangi ish joyi topishi kerak bo‘ladi. Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone ham ispaniyalik  futbolchi jamoani tark etayotganini tasdiqladi.

Saulga o‘tgan transfer mavsumlarida xaridor ko‘p edi. Biroq, bu yozda yarim himoyachi bo‘yicha birorta aniq chorlov  bo‘lmadi.

“Atletiko” rahbariyati “Chelsi”ga iste’dodli futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni taklif qilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Tomas Tuxel maydon markazida “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni olishni istagan bo‘lsa-da, Saul Nigesning nomzodi ham uni qiziqtirib qo‘ygan.

Germaniyalik mutaxassis 26 yoshli yarim himoyachi o‘yin uslubi bilan “Chelsi”ni kuchaytira olishiga ishonmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!