Dilshod Jo‘raev: AGMK kuchli uchlikka kirmoqchi

  • 12 aprel, 2020, 15:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari o‘tkazilmayapti.

Tecno

Xo‘sh, o‘zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o‘tkazishmoqda? Mavsum qay tarzda boshlandi? PFL matbuot xizmati bu haqda AGMK jamoasining etakchi futbolchilaridan biri – Dilshod Jo‘raev bilan suhbatlashdi.

“Hukumat kiritgan qoidalarga rioya egan holda karantinni oila davrasida o‘tkazmoqdaman. Farzanandlarim bilan turli qiziqarli o‘yinlar o‘ynab, vaqtni mazmunli o‘tkazishga harakat qilyapman.

Sport bilan shug‘ullanish uchun uyda etarli sharoitlar mavjud  va murabbiylar bergan ko‘rsatmalar asosida mashg‘ulotlarni davom ettiryapman. Sportchi uchun vaznni me’yorda saqlab turish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga qat’iy rioya etish lozim.

Fikrimcha, jamoamiz mavsumni yaxshi boshladi. Ortda qolgan 3 tur davomida mag‘lubiyatga uchramadik. AGMK  Superligada kuchli uchlikka kirishni va OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan”, – dedi Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!