Dilshod Komilov maydondan chiqishni istamadimi? Qo‘qon shamoli qanchalik ta’sir ko‘rsatdi? "Qizilqum" ustozi nima dedi?

  • 14.09.2025 00:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 21-turida “Qo‘qon-1912” - “Qizilqum” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2:1 hisobida maydon egalarining qo‘li baland keldi. Natijada “Qizilqum”ning 9 ta o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi. Bahsdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik olib borgandik. Tanaffusdan foydalanib uchta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Jamoamiz tayyor edi. “Qo‘qon-1912” jamoasini o‘rganib chiqqandik. O‘ylaymanki, ushbu uchrashuvda raqibni o‘yiniga moslashib qoldik. Albatta, o‘yinni ko‘rib, tahlil qilib chiqamiz. Futbolchilarga rahmat aytoqchiman. Imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Agar vaziyatlarni golga aylantirganimizda hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi.

- Ikkinchi bo‘limda Dilshod Komilovni zaxiraga olmoqchi bo‘ldingiz, ammo u maydondan chiqishni xohlamadi. Jamoada tartib-intizom yo‘qmi?

- Jamoada Xudoga shukr hammasi yaxshi. Barchasi rejamiz bo‘yicha ketyapti. O‘ylaymanki, u maydonda meni tushunmadi. Albatta, buni o‘rganib chiqamiz.

- Qo‘qon shamoli “Qizilqum”ni o‘yiniga qanchalik ko‘rsatdi? Qattiq shamol esdi. Ikkala jamoa qiynaldi.

- Bunday ob-havoda “Qo‘qon-1912” ham, biz ham o‘ynadik. Havoni ayblash kerak emas. Imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda golli vaziyatlarimiz ko‘proq bo‘ldi. Agar urganimizda hisob boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Kelasi turda “Nasaf” bilan o‘ynaymiz. Qo‘qonliklar bilan uchrashuvni tahlil qilib, bugundan keyingi bellashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Ikkinchi bo‘limda jamoangiz hujumkor o‘ynadi, vaziyatlarg ega bo‘ldi. “Qizilqum” 9 ta turdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgandi. Rekordini qayta tiklash bo‘yicha ko‘plab xabarlar chiqdi. Bu birinchi taymda futbolchilaringizga qanchalik ta’sir qildi, deb o‘ylaysiz? Chunki jamoa avvalgi uchrashuvlarga nisbatan bo‘sh ko‘rindi.

- Futbolchilarimning hammasiga yana bir bor rahmat aytaman. Ular borini berishdi. Aytyapsizku, balki shamol ta’sir qilgandir. Bu o‘yinni tahlil qilganimizdan keyin aniq bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!