
Dilshod Saitov safdan chiqdi (FOTO)
Coca Cola Superliganing 22-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" (1:0) uchrashuvi keskin kurashlarga boy bo‘ldi.
Bellashuvning 12-daqiqasida "ajdarlar" himoyachisi Dilshod Saitov jarohat olganligi tufayli majburiy almashtirildi. Qashqadaryoliklar shifokori Ma’ruf Berdievning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Saitovning oyoq suyagi singan (rasmdagi qizil joy) va gips qo‘yilgan. Shifokorning aytishicha, Dilshodning singan suyagi qayta tiklanishi uchun 6-7 hafta kerak bo‘ladi. Bu haqda, "Nasaf" matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu bahsning 75-daqiqasida Sherzod Nasrullaev ham jarohat tufayli almashtirildi. Uning jarohati qay darajada jiddiy ekani ertaga tibbiy ko‘rikdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar