"Dinamo" "Paxtakor"ning ikki futbolchisini sotib oldi va ular bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

  • 19.07.2019 16:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing barcha klublari qatorida Samarqandning “Dinamo” klubi ham ikkinchi davraga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yil avvalida “Dinamo” PFK Toshkentning “Paxtakor” klubidan ijara asosida 23 yoshli darvozabon Botirali Ergashev va 20 yoshli yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonovni taklif etgandi. Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi “Paxtakor” klubi rahbariyati bilan ushbu ikki futbolchining huquqiy jihatdan to‘liq “Dinamo”ga tegishli bo‘lishi uchun muzokara olib bordi va yakunda “Dinamo” PFK Botirali Ergashev va Shohruh Abdurahmonovlarning transfer huquqini to‘liq qo‘lga kiritdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bungacha ijara asosida to‘p surgan Botirali Ergashev va Shohruh Abdurahmonovlar “Dinamo” PFK bilan 2021 yilning iyul oyigacha, ya’ni yana ikki yillik shartnoma imzolashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!