
"Dinamo" to‘rt nafar o‘yinchi bilan xayrlashdi, tarkibga Ro‘zim Ahmedov qo‘shildi
Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi Samarqandda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.
Yig‘in doirasida “Dinamo” jamoasi tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Klub yozgi transfer oynasida darvozabon Dilshod Hamroev, yarim himoyachi Jamshid Hasanov, hujumchilar Faxriddin Alimov va Mixaylo Udod bilan o‘zaro kelishuvga ko‘ra amaldagi shartnomani bekor qilindi va futbolchilar bilan do‘stona xayrlashildi.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra, “Dinamo” jamoasi safiga Ro‘zimboy Ahmedov taklif etildi. Birinchi davrani “Xorazm”da o‘tkazib, 7 ta golga mualliflik qilgan 34 yoshli xorazmlik hujumchi bilan mavsum yakuniga qadar kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, Ro‘zimboy Ahmedov 2012 yilgi mavsum oliy ligada “Dinamo” sharafini himoya qilib, 23 o‘yinda 11 ta golga mualliflik qilgandi, - deya xabar bermoqda, "Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar