
Diyor Turopov: "Va’da berishga shoshilmaylik"
Yaqindagina “Neftchi” bilan shartnoma muddatini uzaytirgan Diyor Turopov klub matbuot xizmati uchun kichik intervyu berdi.
- O‘tgan mavsum haqida nima deya olasiz?
- Qiziqarli mavsum bo‘ldi. Farg‘ona ahli "Neftchi"ning shonli o‘yinlaridan olgan zavq-quvonchni o‘tgan mavsumdagi "Neftchi" bellashuvlaridan bir lahza bo‘lsa ham o‘sha onlarni muxlislar yodiga soldi, deb o‘ylayman.
- Jamoamiz bilan kelasi mavsumda ham birgasiz? Jamoada qolishingiz uchun eng asosiy uchta sababni aytib bersangiz?
1- Muxlislar
2- Kollektiv
3- Sovrinli o‘rinlar uchun yana bir bor urinib ko‘rish.
- Muxlislarga keyingi mavsum oldidan Turopov nima va’da bera oladi?
- Va’da berishga shoshilmaylik. Biz aytganlarimiz bo‘lib qolganda unda hammasi boshqacha bo‘lar edi. Allohning aytgani bo‘ladi, bizdan esa yaxshi niyat va harakat.
- O‘tgan mavsumda jamoamizga medallar uchun kurashda nima etishmadi deb o‘ylaysiz?
- Fikrimcha, barqarorlik va oxirgi nuqtani qo‘yish etishmadi. Yangi mavsumda o‘ylaymanki, murabbiylar rejasi asosida maqsad sari intilamiz, muxlislar esa oldingidey bizni oxirigacha qo‘llab-quvvatlashini xohlardim. Biz har qanday raqibga bosh og‘rig‘i bo‘la olamiz va ularning uyqusiz tunlarida bizning ham hissamiz bo‘ladi, degan umiddaman.
Fikrlar