Diyorjon Turopov: Karantin vaqtida deyarli hech narsa qilganim yo‘q

  • 10 aprel, 2020, 18:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lokomotiv” futbolchisi Diyorjon Turopov klub rasmiy saytiga bergan intervyusida karantin paytida vaqtini qay tariqa o‘tkazayotganini aytdi.

– Qanday mashqlar orqali jismoniy holatni ushlab turibsiz?

– Koronavirus sababli belgilangan karantin vaqtida jismoniy holatimni ushlab turish uchun deyarli xech nima qilganim yo‘q. Chunki Superliganing 3-turi doirasida “Buxoro”ga qarshi o‘yinda jarohat olgandim.

– Jarohatni davolaydigan mashqlarni bajarib turibsizmi?

– Kichik mashg‘ulotlarni boshlaganimga 2-3 kungina bo‘ldi, biroq bu hali jismoniy holatimni tiklab olish uchun etarli deb o‘ylamayman. Baribir yakka holdagi mashg‘ulotdan ko‘ra jamoaviy mashg‘ulotlar orasida farq katta bo‘ladi.

– Karantin vaqtida nimalar bilan bandsiz?

– Ayni damda asosiy vaqtimni dam olish, kino ko‘rish, oilam bilan birga bo‘lish va davolanish bilan o‘tkazyapman. Futbolni sog‘indim!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!