Doniyor Abdumannopov endi "So‘g‘diyona" sharafini himoya qiladi
Andijonlik 22 yoshli iste’dodli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov yaqinda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubiga qo‘shilgani yuzasidan xabar bergandik.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi “So‘g‘diyona” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida uning o‘zi Sports.uz muxbiriga aytdi. Ayni chog‘da Doniyor jizzaxliklarning mashg‘ulotlarida faol ishtirok etyapti.
“Andijon” futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan o‘yinchining oxirgi klubi Belarus chempionati vakili – “Energetik-BGU” jamoasi edi. O‘tgan yili yozda ushbu klubga ko‘chib o‘tgan futbolchi jarohati sababli uzoq qolmadi. Endi esa omadini “So‘g‘diyona” klubida izlab ko‘radi.
Fikrlar