Doniyor Abdumannopov "So‘g‘diyona"da!
O‘tgan mavsumni “Andijon”da boshlab, so‘ng Belarus chempionatida “Energetik-BGU” safiga qo‘shilgan iste’dodli yarim himoyachi Doniyor Abdumannopov yaqinda u erni tark etib, Andijonga qaytib kelgandi. Bunga jarohati sabab bo‘lgan. Endilikda o‘zini yaxshi his qilayotgan futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

Oxirgi paytlarda Doniyor Abdumannopovga bir qator takliflar kelib tushdi. Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Abdumannopov yangi mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubida boshlaydigan bo‘ldi. U jamoaga Toshkentdagi yig‘inda qo‘shiladi.

Fikrlar