Donnarumma bizga ham kerak emas
Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma “Pari Sen-Jermen” tomonidan transferga qo‘yilganidan keyin unga Angliya Premer-ligasining “Chelsi” va “Manchester Yunayted” klublaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Biroq taniqli jurnalist Ben Jeykobs “Chelsi” masalasiga oydinlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, londonliklar va Donnarumma o‘rtasida hech qanday aloqa mavjud emas. “Aristokratlar” bu darvozabon bo‘yicha muzokaraga kirishmagani aytilmoqda.
26 yoshli Donnarumma parijliklarga kerak bo‘lmay qoldi. PSJ rahbariyati darvozani qo‘riqlash mas’uliyatini “Lill”dan transfer qilingan Shevalega topshirmoqchi.
Janluiji Donnarumma klub tomonidan UEFA Superkubogi uchun bo‘ladigan uchrashuv qaydnomasiga ham kiritilmadi. Bu o‘yin 13 avgust kuni “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazilishi belgilangan.



Fikrlar