Dragan Cheran "Navbahor"ga qarshi o‘yin, Superligadagi 100 ta goli va OChL oldidan qanday gaplarni aytdi?

  • 4 aprel, 2022, 09:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

“Paxtakor”ning serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran O‘zbekiston chempionatida o‘zi uchun ham shaxsiy natijalarini yanada yaxshilab boryapti.

Tecno

Amaldagi chempion Superliganing 4-turida Toshkentda Navbahor”ni qabul qildi. O‘ta qiyin kechgan uchrashuvda aynan Cheran bellashuv oxirlarida raqib darvozasini ishg‘ol qilib jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi. Ahamiyatlisi, Dragan Superligada o‘zining 100-golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Jamoangda Cherandek hujumchi bor ekanmi, demak, murabbiy xotirjam tortadi. Chunki u gol urishni qoyillatadigan va har tomonlama jamoasiga foyda keltirishni biladigan futbolchi. Shuning uchun ham Cheran oxirgi yillarda O‘zbekistonda to‘p surayotgan eng yaxshi legioner maqomini o‘zida saqlab kelyapti.

Oxirgi yillarda chempionatimizda ham eng yaxshi to‘purar maqomini o‘zida saqlab kelayotgan Dragan bu yil ham gol urishni kanda qilmayapti. 4 ta turdan keyin u 3 ta gol bilan yana to‘purarlar ro‘yxatida. Jamoa safarga jo‘nab ketish oldidan to‘purar hujumchi Sports.uz uchun intervyu berdi.

- Dragan, avvalo muhim o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin harorati baland bo‘ldi. Shunday muhitni kutganmisiz?

- Ha, albatta, men aynan shunday o‘yinni kutgandim. “Navbahor” bilan o‘yin doimo qiyin bo‘lgan va shuningdek sifatli futbol bo‘ladi. Ushbu raqib tajribali murabbiyga ega bo‘lgan yaxshi jamoa hisoblanadi.

dragan1_1

- Superligada 100-golingizni urdingiz. Bu statistikani bilarmidingiz? Aytaylik, birinchi golingiz yodingizdami?

- “Navbahor” darvozasiga urgan golim Superligadagi 100-golim bo‘lganini o‘yindan keyin bildim. Shubhasiz, ajoyib natija va men bundan xursandman. O‘zbekistonda 100 ta gol urgan futbolchilar a’zosiga aylanganimdan ham g‘oyat mamnunman. Rosti, bunday natijaga erishganimdan rohatlandim. Mana shunday natijaga erishishimda menga yordam bergan jamoadoshlarim hamda murabbiylarimizga rahmat aytaman. Birinchi golimmi? Albatta, eslayman. Bu mening “Nasaf” tarkibida “Sho‘rtan”ga qarshi dastlabki o‘yinim edi.

- ”Navbahor”ga qarshi o‘yin yakunida mojaro yuz berdi va buni avvalo “Paxtakor” muxlisi boshladi. Ushbu vaziyatga nima degan bo‘lardingiz?

- Bularning barchasi qizg‘in kurashda yuz berdi. Kutilgan natijaga erishish uchun har tomonlama katta kuch sarflandi. Yuz bergan vaziyat atrofida shov-shuv ko‘tarish shart emas. Bu – futbol.

dragan2_1

- 100 ta golingiz orasida eng chiroylisi qaysi?

- Gol urganingda har biri o‘zicha chiroyli va har biri juda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, ayniqsa, hozirgi vaziyatda. Ehtimol, “Lokomotiv”ga qarshi uchrashuvda parashyut uslubida kiritgan golim eng chiroylisidir...

- “Paxtakor” endi Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Sizningcha, guruhda favorit kim?

- Bizning guruhimiz kuchli. Shu bilan birga juda qiyin uchrashuvlar kutyapti. Hozircha favoritlar yo‘q. Chunki barchamiz betaraf maydondamiz. Shu bois guruhdagi hamma klubning imkoniyatlari teng.

dragan3_1

- Umuman aytganda, “Paxtakor” OChLni yutishga qodirmi?

- O‘zimizni ko‘rsatish va eng yaxshi jamoa ekanligimizni isbotlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Qanday darajadaligimizni ko‘rib olamiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Alisher Kamalov
05/04/2022 09:53
Шу кунгил сезиб турибди хамма уйинни ютказадида. Майли омад Пахтага курайликчи кулги булиб кайтмаса булганида гурухда охирги уринни олиб
&
Каримов Нозиржон
04/04/2022 14:12
У ерда хакамлар ен босмайди охирги уринди олип кайтовраслар
&
Пахтакор сол
04/04/2022 11:01
Омад, Драган!