Drikus dyu Plessi: "Iliya Topuriya ketma-ket uchta MMA afsonasini nokautga uchratdi"
O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Drikus dyu Plessi 28 yoshli Iliya Topuriya haqida iliq gaplar aytdi.
"Iliya ajoyib yigit. Bir kun kelib u "UFC shon-sharaf zali"ga kirishiga ishonaman. Topuriyaning kelajagi porloq, deb ayta olaman. Chunki u ketma-ket uchta MMA afsonasini nokautga uchratdi. Menimcha, "El-Matador" hozirda promoushen ro‘yxatidagi eng yaxshilardan biri, ehtimol eng yaxshisi hamdir" - deya janubiy afrikalikning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA" X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib ztamiz, Iliya Topuriya "UFC 317" turnirida Charlz Oliveyrani 1-raunddayoq nokaut qildi.
Fikrlar