Drulovich "Nasaf"dan 9, "Bunyodkor"dan esa 5 futbolchini OTJga jalb etdi

  • 23 avgust, 2019, 16:55
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi jamoamiz 28 avgust sanasidan e’tiboran yig‘inga kirishadi va rejaga ko‘ra 10 sentyabrga qadar Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi.

Tecno

Mazkur yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan. Har ikki uchrashuvda ham olimpiyachilarimizga Eron olimpiya terma jamoasi raqiblik qiladi.

Dastlabki uchrashuv  6 sentyabr kuni Olmaliqda bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bahs esa 9 sentyabr sanasida “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladi. Har ikki o‘yin ham soat 19:00da start oladi.

Lyubinko Drulovich mazkur yig‘inga jami 23 nafar futbolchini jalb etdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Husniddin G‘ofurov, Oybek Bozorov hamda Umidjon Ergashev jarohat bois mazkur yig‘inda qatnasha olmaydi. Shuningdek, Hojiakbar Alijonov, Aziz G‘aniev, Oston O‘runov, Doston Ibragimov kabi futbolchilar milliy terma jamoa ixtiyorida ekani sabab Eron bilan o‘yinda qatnashishmaydi. 

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati: 

Ism-Familiya

Tug‘ilgan sana

Amplua

Klub

Abduvohid Ne’matov

20.03.2001

Darvozabon

Nasaf

Mashxurjon Muhammadjonov

21.02.1999

Darvozabon

Nasaf

Nizomiddin Ziyovutdinov

25.04.1998

Darvozabon

AGMK

Dilshod Saitov

02.02.1999

Himoyachi

Nasaf

Islom Qobilov

01.06.1997

Himoyachi

Bunyodkor

Husniddin Aliqulov

04.04.1999

Himoyachi

Nasaf

Shaxboz Jo‘rabekov

02.02. 1997

Himoyachi

So‘g‘diyona

Ilhom Alijonov

05.03.1998

Himoyachi

 Istiqlol

Oybek Rustamov

02.04.1997

Himoyachi

Qo‘qon-1912

Ibrohim Yuldashev

05.06.1999

Himoyachi

Metallurg

Sherzod Nasrullaev

23.07.1998

Himoyachi

Nasaf

Islom Rashidxonov

22.10.1997

Yarim himoyachi

Nasaf

Sharof Muxitdinov

14.07.1997

Yarim himoyachi

Nasaf

Abdulla Abdullaev

01.09.1997

Yarim himoyachi

Bunyodkor

Abrorbek Ismoilov

08.01.1998

Yarim himoyachi

Surxon

Nurillo To‘xtasinov

19.02.1997

Yarim himoyachi

Bunyodkor

Sanjar Qodirqulov

27.05.1997

Yarim himoyachi

Bunyodkor

Islom Kenjabaev

01.09.1999

Yarim himoyachi

Nasaf

Jasurbek Yaxshiboev

24.06.1997

Yarim himoyachi

AGMK

Asad Sobirjonov

03.08.2000

Yarim himoyachi

Buxoro

Azizbek Amonov

30.10.1997

Hujumchi

Lokomotiv

Mirjahon Mirahmadov

15.07.1997

Hujumchi

Bunyodkor

Bobir Abdixoliqov

23.04.1997

Hujumchi

Nasaf

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dima Muratov
24/08/2019 00:51
Uziku Nasaf bn Bunikdan boshqa klublarda narmalne yosh uyinchilar yugda.
Xammasi ligeoner olib tashagan.
&
нодирбек.фк насаф
23/08/2019 22:54
Насаф барибир насафда
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
23/08/2019 17:46
Nasafdan Yana bitta uyinchi qolib ketibti. Akmal Mazgavoy. shu bola uyinni tuliq urganib chiqsa. MTJ olsa ham arziydi