
Dunyoning eng qimmat darvozaboni ijaraga yuboriladi
"Chesli" golkiperi Kepa Arrisabalaga faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, "Sevilya" 25 yoshli ispaniyalik futbolchini ijaraga olish variantini ko‘rib chiqmoqda, biroq ushbu kelishuv futbolchining maoshi sabab amalga oshmay qolishi mumkin. Ayni damda Kepa londonliklar safida yiliga 8 million evro ishlab topadi.
Oldinroq, golkiper uchun Ispaniyaning yana bir klubi "Valensiya" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Eslati o‘tamiz, Kepa "Chelsi" safiga 2018-yil "Atletik"dan 80 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar