
Dushanbedan daraklar. Yoshlarimiz ertangi o‘yinga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? (Foto)
Dushanbe: O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ertaga U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichidagi ishtirokini boshlaydi. Aleksandr Mochinov murabbiyligi ostida harakat qilayotgan futbolchilarimiz ilk uchrashuvda Shri-Lanka vakillariga qarshi maydonga tushadi.
Futbolchilarimiz bugun Pomir stadionida o‘yin-oldi rasmiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi. Mashg‘ulotlar ham o‘yin kabi mahalliy vaqt bilan 12:00da boshlandi va tahminan bir soat davom etdi. Bu paytga kelib Dushanbedagi havo harorati naqd 28-30 darajaga etgan edi.
Kecha murabbiylar shtabi tiklanish va chigalyozdi mashg‘ulotlariga urg‘u bergan bo‘lsa, bugun ular qisqa va uzoq masofaga pas oshirish va jamoaviy o‘yinni shanllantirishga ko‘proq ahamiyat berishdi.
Bugun shuningdek, ertangi raqiblarimiz Shri-Lanka yoshlar terma jamoalarining ham rasmiy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Ularning mashg‘ulotlari Pomir stadioniga tegishli mashg‘ulotlar maydonida o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, Shri-Lanka vakillari kecha bo‘lib o‘tgan 1-tur bahsida Maldiv orollari bilan kuch sinashdi. Uchrashuvning so‘ngi daqiqalarida kiritilgan gol ularni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va o‘yin 2-2 hisobi bilan o‘z yakuniga etdi.
U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichi
2 noyabr, 2-tur
Pomir stadioni, Dushanbe
12:00. Shri Lanka - O‘zbekiston
Yoqubjon Soxibov
Dushanbe, Tojikiston
Fikrlar