Dzyuba Rossiya premer-ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi forvardi Artyom Dzyuba Rossiya premer-ligasida yakunlangan 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
RPL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi bugun Rossiya futbol ittifoqida o‘tkaziladigan yig‘ilishda taqdirlanadi.
Ma’lumot uchun, Dzyuba o‘tgan mavsum premer-ligada jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar