Dzyudo. O‘zbekiston - Frantsiya uchrashuvining juftliklari ma’lum

  • 31.08.2025 12:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Birozdan so‘ng Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslari boshlanadi. 

Dunyoning 16 davlati terma jamoalari sovrinli o‘rinlar uchun kurashga kirishadi. O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 final bosqichida fransiyalik dzyudochilarga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu bosqichning barcha juftliklaridagi tarkiblar ma’lum bo‘ldi.  

-60 kg: Muhammadkarim Nosirov — Tituan Lukas 

-63 kg: Maftuna Ahmedova — Odren Gyunnyog

-81 kg: Inomjon Bahodirov — Adam-Ahmed Hamdui   

+63 kg: Umida Nig‘matova — Astan Sako 

+81 kg: Alibek Durdiev — Azriel Diffo 

-48 kg: Dinora Hasanova — Selin Iddir

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!