Dzyudo. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati finaliga yo‘l oldi!

  • 31.08.2025 16:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Dzyudo

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslari davom etmoqda.

Quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi finalga yo‘l oldi. Dzyudochilarimiz 1/2 finalda Mo‘g‘iliston terma jamoasiga qarshi tatamiga chiqib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi vakillarimiz hal qiluvchi bahsda dzyudo vatani hisoblangan - Yaponiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
31/08/2025 20:49
Omad yor bo‘lsin!