Dzyudo. Suhrob Tursunovga muxlislik qilamiz!
Hozirgina BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida o‘tkazilayotgan "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning ikkinchi kungi bahslari start oldi.
"Abu Dhabi Grand Slam 2025" turnirining ikkinchi kuni erkaklar -73, -81, ayollar -63, -70 kg vazn toifalarida g‘oliblik yo‘lida tatamiga chiqishyapti. Bugun terma jamoamizning birgina vakili Suhrob Tursunov bahslarga kirishadi. Uning ilk davradagi raqibi rossiyalik Abdul-Kerim Tasuev bo‘ladi.
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar