Dzyudo. U 23 O‘zbekiston chempionati yakunlandi!

  • 03.11.2025 11:44
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Chirchiq shahri mezbonlik qilgan 23 yoshgacha bo‘lgan dzyudochilar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakuniga etdi. 

Musobaqaning ikkinchi kuni o‘g‘il bolalar o‘rtasida -81, -90, -100, +100 kg, qizlarda esa -63, -70, -78, +78 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ikki kunlik bellashuvlar yakuniga ko‘ra, Toshkent shahri jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Poytaxtlik dzyudochilar 3 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medaliga ega chiqishdi. Toshkent viloyati jamoasi tarkibida ham 3 nafar chempion bo‘ldi, lekin kumush medallar poytaxt dzyudochilarini peshqadamga aylantirdi. Kuchli uchlikka Jizzaz viloyati jamoasi yakun yasadi.

Ikkinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

-81 kg vazn toifasi (64 ishtirokchi)
1. Nodirbek Mavlonberdiev (Toshkent viloyati)
2. Bobur Yangiboev (Surxondaryo)
3. Muhammad Mamadaliev (Toshkent viloyati)
3. Javohir Ahmedov (Surxondaryo)

-90 kg vazn toifasi (44 ishtirokchi)
1. Sherbek Rashidov (Qashqadaryo)
2. Sultonbek Abdushukurov (Jizzax)
3. Asadbek Xotamov (Toshkent viloyati)
3. Arslonbek Qodirov (Surxondaryo)

-100 kg vazn toifasi (29 ishtirokchi)
1. Muhammadsodiq Sodiqov (Xorazm)
2. Mirjalol Normo‘minov (Toshkent shahri)
3. Muhammadali Tangriev (Toshkent viloyati)
3. Jonibek Pardaev (Toshkent shahri)

+100 kg vazn toifasi (23 ishtirokchi)
1. Fazliddin Rafikov (Toshkent shahri)
2. Zufarbek O‘rolov (Samarqand)
3. Asadbek Shixnazarov (Xorazm)
3. Javohir Sadinov (Samarqand)

QIZLAR

-63 kg vazn toifasi (22 ishtirokchi)
1. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
2. Gulg‘uncha Ko‘klamova (Xorazm)
3. Adina Abilxasimova (Toshkent viloyati)
3. Zuhrajon Umarova (Xorazm)

-70 kg vazn toifasi (10 ishtirokchi)
1. Gulina Oblaqulova (Navoiy)
2. Durdona Tursunova (Surxondaryo)
3. Sarvinoz Rafqatova (Xorazm)
3. Shodiya Mahmudova (Xorazm)

-78 kg vazn toifasi (10 ishtirokchi)
1. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)
2. Shoira Aminova (Xorazm)
3. Nafisa Asamatdinova (Toshkent shahri)
3. Elnora Salimova (Samarqand)
 
+78 kg vazn toifasi (8 ishtirokchi)
1. Mohlaroyim To‘xtamisheva (Toshkent shahri)
2. Fotima Kuranboeva (Xorazm)
3. Yulianna Shubladze (Toshkent shahri)
3. Durdona Nizomaddinova (Xorazm)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!