Dzyudochilarimiz Evropa ochiq chempionatida ishtirok etadilar
Turkiyaning Antaliya shaxrida 3-4 mart kunlari kadetlar o‘rtasida Evropa ochiq turniri bo‘lib o‘tadi.
Unda dunyoning 30ga yaqin mamlakatidan kelgan 400 nafarga yaqin polvonlar o‘zaro raqobatlashadi.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini qizlar o‘rtasida -44 kg Kurbonova Halimaxon, -52 kg Egamberdieva Nilufar va -63kg Holmuradova Farangiz. Bollar: -55 kg Ochilov Maqsud, -66 kg Nazarov Jayhun va +90 kg Hojiev Timur himoya qiladi.
Mazkur turnirda joriy yilning oktyabr oyida Argentinaning Buenos-Aires shaxrida o‘smirlar Olimpiadasining ballari beriladi.

Fikrlar