
EChL. "Chelsi"ning chempion bo‘lishini ifodalovchi fakt!
Bugun barchaning nigohi Portugaliyadagi "Dragau" stadioniga qaratiladi. Sababi ushbu arenada "Manchester Siti" va "Chelsi" o‘rtasida EChL final bahsi bo‘lib o‘tadi.
O‘yin oldidan turli ma’lumotlar chop etib bormoqdamiz. Bir fakt bor ekanki, hal qiluvchi bellashuvda londonliklar chempion bo‘lishi mumkin.
Ya’ni EChL finalida ilk bor ishtirok etgan oxirgi ettita jamoalarning barchasi mag‘lubiyatga uchragan. Quyida ushbu klublarning nomlari bilan tanishing:
2000, "Valensiya"
2002, "Bayer"
2004, "Monako"
2006, "Arsenal"
2008, "Chelsi"
2019, "Tottenxem"
2020, PSJ
Fikrlar