
EChL. "Manchester Yunayted" avtogol tufayli "Barselona"ga imkoniyatni boy berdi
Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida kechgan uchrashuvda kataloniyaliklar minimal hisobda raqibda ustun kelishdi. Bellashuvdagi yagona gol Lyuk Shou tomonidan kiritildi. Angliyalik himoyachi 12-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, 16 aprel sanasida "Kamp Nou"da javob bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar