Eduardo Kamavingaga APL klublari qiziqmoqda

  • 20.03.2026 14:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga Angliyadan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. Jurnalist Grem Beyli ma'lumotiga koʻra, fransuz futbolchisi uchun "Manchester Yunayted" va "Liverpul" transfer uchun kurashishga tayyor.

Agentlar klublarga Kamavinga yozda taxminan 40 million yevroga sotilishi mumkinligini xabar bermoqda.

Eduardo 2021 yilda "Renn"dan "Real"ga 31 million yevroga koʻchib oʻtgan va uning shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar moʻljallangan. Joriy mavsumda u madridliklar safida barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!