Egor Krimets finaldan avvalgi matbuot anjumanida: Ko‘p gapirmayman, finalda jamoamiz maydonda o‘z so‘zini aytadi
Xabaringiz bor, “Paxtakor” va AGMK jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Final oldidan har ikkala jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda "sherlar" vakili Egor Krimets quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Adashmasam, ikkinchi marta matbuot anjumani shunday ajoyib joyda o‘tkazilmoqda. Ko‘p gapirmayman, finalda jamoamiz maydonda o‘z so‘zini aytadi. Biz oldimizda turgan shu uch chiroyli kubokni qo‘lga kiritishga intilamiz. Ishqibozlarni stadionga taklif etamiz, - dedi futbolchi.

Fikrlar