Ehsoni Panshanbe "Navbahor" muxlislariga ta’sirli xayrlashuv maktubi yo‘lladi

  • 14 iyul, 2022, 15:01
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Eronning "Zob-Ahan" klubiga o‘tgan "Navbahor" futbolchisi Ehsoni Panshanbe namanganlik muxlislar va "burgutlar" murabbiylar shtabi bilan xayrlashdi

"Ushbu 2 yil davomida Navbahorga rahmat!  Bu mening futbol kareramda unutilmas 2 yil edi.

Avvalo, jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi kundan boshlab ular meni hamma narsada qo‘llab-quvvatladilar. Shuningdek, ushbu 2 yil davomida klubda ishlashga muvaffaq bo‘lgan barcha murabbiylarga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning har biri klub va o‘yinchilarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.

"Navbahor" klubining rahbariyaga va klubdagi unutilmas kunlarim uchun minnatdorchilik bildiraman. Bizga yordam berganlarning barchasiga, klubning barcha xodimlariga katta rahmat! Klub men uchun ikkinchi uyga aylandi.

Eng muhimi - "Navbahor" klubi eng yaxshi muxlislarga ega! Aziz muxlislarimiz! Sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman! Yordamingiz uchun tashakkur! Sizning e’tiboringiz va g‘amxo‘rligingiz uchun rahmat! Siz bizga ishonishdan to‘xtatmadingiz, mag‘lubiyatdan keyin yuz o‘girmadingiz, g‘alaba qozonish uchun qo‘shimcha g‘ayrat va kuch berib, bizni qo‘llab-quvvatladingiz! Barchangiz uchun katta rahmat!", — deydi Panshanbe.

Eslatib o‘tamiz, tojikistonlik futbolchi Eron klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Каримов Нозиржон
15/07/2022 15:13
Омад Эхсони
TURDIYEV AKRAMJON
14/07/2022 15:59
Омад эхсни