
EL. "Barselona" o‘z maydonida "Napoli"ni enga olmadi
Evropa ligasi 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan "Barselona" - "Napoli" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.
Dastlab, Zelinskiy 32-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Ferran Torres 59-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda muvozanatni tikladi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu jamoalar ishtirokidagi javob o‘yini 24 fevralda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar