
Eldor Shomurodov: Ertaga ko‘rishamiz, rimliklar!
Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini bir mavsum davomida himoya qilgan legionerimiz Eldor Shomurodov boshqa jamoa bilan shartnoma imzoladi.
Joze Mourino boshqaruviga o‘tgan "Roma" libosini kiygan hamyurtimiz ertaga Rim shahriga uchib borishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ishora qildi. Futbolchimiz o‘z "Tvitter" sahifasida "ertaga ko‘rishamiz, rimliklar!",-deya yozib qoldirdi.
Avvalroq, bu borada Italiyaning mashhur sayti "Calciomercato" o‘z taxminlarini bildirid o‘tgandi va ko‘rinib turibdiki, voqealar aslida ham shunday tus olmoqda.
Ma’lumot uchun, Shomurodov "bo‘rilar" safida ijara asosida ko‘chib o‘tdi. Uning transfer narxi 16 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar
ЭЛДОР ОҚ БЎРИЛАР ЖАМОАСИДА ЎЙНАДИ ВА МАНА ЭНДИ БОШҚА БЎРИЛАР САФИГА БОРИБ ҚЎШИЛМОҚДА. ҚИЗИЛ БЎРИЛАР САФИДА ЎЙНАЙДИ ЭНДИ. ФАҚАТ ОМАД ЭЛДОР БЎРИ...