Eldor Shomurodov Olimpiadaga boradi(mi)?!

  • 7 iyun, 2024, 20:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Daryo internet nashriga bergan intervyusida Parij-2024 Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.

“Bu borada hammasi 100 foiz hal deb ayta olmayman, chunki bu borada hozircha terma jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bilan gaplashganim yo‘q. Lekin murabbiy bilan ham, qolaversa “Roma” rahbariyati bilan ham bu borada gaplashish lozim. Barchasi ijobiy hal bo‘ladi degan umiddaman. Shaxsan o‘zim Olimpiadada ishtirok etishga qarshi emasman”, - dedi Shomurodov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning “C” guruhida Ispaniya, Misr va Dominikan terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq milliy terma jamoamizning boshqa bir etakchi a’zosi Jaloliddin Masharipov ham taklif bo‘lsa, Olimpiadada ishtirok etishga roziligini ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Dili
07/06/2024 21:52
Ешлар борсин бушатинглар Энди