Eldor Suyunov: Finaldan keyin muxlislarning qo‘shtirnoq ichida mentalitetimizga xos gap-so‘zlarini kutaman
"Paxtakor" darvozaboni O‘zbekiston Kubogi finalidan avval klub matbuot xizmatiga o‘yin xususida fikrlarini aytib o‘tdi.
- Finalga tayyorgarlik doimgidek yaxshi ketmoqda. O‘yin ahamiyatini murabbiylar ham, futbolchilar ham tushunib turishibdi. Shuning uchun bellashuvga jiddiy tarzda tayyorlanmoqdamiz.
O‘tgan yilgi finaldagi alamli mag‘lubiyat bizga qo‘shimcha ishtiyoq beradi. Bu yil ichki musobaqalarning barchasida bosh sovringa ega chiqishni maqsad qilganmiz. Ertaga nasib bo‘lsa yana bir kubokni boshimiz uzra baland ko‘tarishga harakat qilamiz.
Finalda chiroyli o‘yin emas, balki haqiqiy jang kutyapman. Finaldan keyin muxlislarning qo‘shtirnoq ichida mentalitetimizga xos gap-so‘zlarini kutaman. Kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar paydo bo‘ladigan gaplar. Ishqibozlarning futbolga boshqacha nazar bilan qarashlarini xohlardim. Muxlislarni stadionga taklif etaman, keling va ajoyib futbol guvohiga aylaning, - dedi darvozabon.

Fikrlar
Yoki: Pahtakor 1-2 Agmk