“Eldor tez orada A Seriya grandlaridan biriga o‘tadi!”

  • 2 dekabr, 2020, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Eldor Shomurodov A Seriyadagi birinchi golini urdi. Uning o‘yini ijobiy tomonga o‘zgarayotgani futbolchimizning Italiya futboliga moslasha boshlaganidan dalolat beradi. Hujumchimiz jamoasining oxirgi ikki uchrashuvini boshlang‘ich tarkibda boshlab, bitta  golli pas va gol muallifi bo‘ldi.

“Jenoa” muxlislar klubning feysbukdagi rasmiy sahifasida Shomurodov haqidagi fikr-mulohazalarini bildira boshladi.

Sports.uz  portali e’tiboringizga ana shu fikrlarning tarjimasini havola etadi.

Erik Noce

Shomurodovning salbiy jihatlarini qidiravermaslik kerak. Yaxshi lahzalar haqida gaplashaylik. Masalan, Shomurodovning zo‘r o‘ynay boshlagani, gol urgani va golli pas uzatgani haqida suhbatlashaylik.

Vincenzo Spitaletta

Eldor tez orada A Seriya grandlaridan biriga o‘tadi! Hali ko‘rasizlar!

Alessio Mammoliti

Shomurodov o‘zini ko‘rsata oldi. Markaziy hujumchi qanday harakat qilish kerak bo‘lsa, xuddi shunday o‘ynadi. Bravo! Zarbaga gap yo‘q!

Marco Pasquini

Shomurodov oxirgi ikki o‘yinda gol urdi va golli pas uzatdi. Bu hali jarohatdan endi chiqqan va jamoaviy o‘yinga kirishib ketmagandagi holat. U yog‘iga nimalar bo‘lishini tasavur qilavering!

20201130_230005_1_1

Edoardo Orellana

Shomurodovdan hayratlanarli ajoyib gol! Oxirgi paytda u juda zo‘r!

Paing Taw

Shomurodovning jamoa tanlashda omadi chopmadi. “Jenoa” A Seriyadagi eng “aqlsiz” jamoa. Ularning joyi V Seriyada. Ko‘rasizlar, bu ajoyib hujumchi ular orasida ancha qiynaladi.

Stefano Torre

Shomurodov bu o‘yinda “Jenoa” uchun haqiqiy jang qilgan yagona futbolchi. Qolgan o‘yinchilar uyalishi kerak!

Massimo Gandolfo

Shomurodovning o‘yini yoqdi. Doim raqib darvozasiga xavf solib turdi. Kerakli paytda, murakkab vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilib, gol urdi. Hujumda shu darajada zo‘r o‘ynash –  hujumchining haqiqiy mahoratidan darak beradi.

Giorgio Gazzo

Shomurodovni nega zaxiraga olishyapti?  Skamakkaning o‘yini nol, lekin uni maydonda qoldirishyapti. Maranga jamoadan haydalish uchun yana bir mag‘lubiyat kerak shekilli!

1111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111111_1

Eldor Shomurodov “Parma”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda “Jenoa”ning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U murakkab vaziyatdan gol bilan chiqib ketishdan tashqari, jamoadoshlarini ikki marta qulay vaziyatga chiqardi. Ko‘pchilik o‘zbek futbolchisi 69-daqiqada zaxiraga olinmaganida genuyaliklarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolardi, deb hisoblamoqda.

Futbolchilarning o‘yinini baholab boradigan whoscored.com statistika portali ushbu uchrashuvda Shomurodovga eng yuqori - 7.7 ball berdi.

Shomurodov «Jenoa» yulduzini zaxiraga mixlab, o‘zi gol ura boshladi

Shomurodovning muvaffaqiyatidan so‘ng, Rossiya klublari qaysi futbolchilarimizga xaridor bo‘ladi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Дилшод Даврлнов
02/12/2020 20:33
Элдор олга олга олга ГОЛ ГОЛ ГОЛ ГОЛ ОМАД КАТТА ОМАД
Дилшод Даврлнов
02/12/2020 20:32
Элдор олга олга олга ГОЛ ГОЛ ГОЛ ГОЛ ОМАД КАТТА ОМАД