Elina Svitolina kuchli raqibini enga oldi

Ukrainalik tennischi Elina Svitolina Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "BNP Paribas Open"ni g‘alaba bilan boshladi.

Elina Indian-Uellse shahrida davom etayotgan musobaqaning ikkinchi davrasida amerikalik Sofiya Keninni 3:6, 7:6, 6:4 hisobida engdi.

Shu tariqa Svitolina uchinchi davraga yo‘l oldi. Endi u chorak finalga chiqish uchun avstraliyalik Darya Gavrilova bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!