Elnur Abduraimov 4 kundan so‘ng ringga ko‘tariladi, biroq raqib hamon noma’lum

  • 14 may, 2019, 17:08
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Unda bir qator bokschilarimiz o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishadi. Jumladan engil vaznda hamyurtimiz Elnur Abduraimov (4, 4KO) o‘zining profi boksdagi beshinchi jangini o‘tkazadi. Ammo mazkur kechaga 4 kun qolganiga qaramasdan raqib nomi hamon noma’lumligicha qolmoqda.

Tecno

Shuningdek ushbu kechada yana bir qator hamyurtlarimiz ham jang o‘tkazishadi. Jumladan profi boksda mag‘lubiyatsiz odimlab kelayotgan Ravshanbek Umurzoqov shu kuni JARlik Antoni Moloizanga (11-3-1) qarshi ringga ko‘tariladi.

Bundan tashqari Sardor Muzaffarov (4-1-0) o‘zining beshinchi jangini tojikistonlik Asror Vohidovga (2-0-0) qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ronaldo Junior
15/05/2019 09:10
Omad tilaymiz yigitlarga