Endi boshqacha bo‘ladi! “Real” yulduzlarga gapi o‘tadigan murabbiy olib keladi

  • 17.04.2026 14:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi La Liga va Yevropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin yangi bosh murabbiy qidiruvida o‘z yo‘nalishini belgilab oldi.

Bu haqida El Mundo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati jamoa boshida katta tajribaga ega va xalqaro maydonda obro‘si baland bo‘lgan mutaxassisni ko‘rishni istamoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Real” yosh murabbiylarni ko‘rib chiqmayapti va eksperimentlarni davom ettirish niyatida emas. Asosiy talab — yulduzlarga to‘la jamoani boshqara oladigan va bosimga bardosh bera oladigan tajribali murabbiy.

Muhoqama qilinayotgan nomzodlar orasida Yurgen Klopp, Didier Desham, Lionel Skaloni, Xose Mourinyo va Maurisio Pocettino bor.

Biroq hozircha ulardan birortasini tayinlash bo‘yicha aniq qaror qabul qilinmagan. Asosiy maqsad — Zinedin Zidan, ammo uning Madridga  qaytish ehtimoli past, deb baholanmoqda.

Hozirgi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. U ushbu lavozimga 2026 yil yanvar oyida tayinlangan va undan oldin jamoani Xabi Alonso boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!