Endi “Chelsi”ga o‘tmayman!
“Real”ga kerakmasligi aytilgan Marko Asensio qadrdon klubini tark etishga tayyor emasligini bildirmoqda. Iste’dodli o‘yinchiga xaridor ko‘pligiga qaramay, u Madridda qolishni lozim topmoqda.
Marko Asensioga Angliyaning bir necha klublari, xususan, “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirgandi. Biroq, ispaniyalik hujumkor futbolchi hech qayoqqa ketmasligini ma’lum qildi. Qizig‘i shundaki, “aristokratlar” ilgari bir necha marotaba Asensio transferini so‘rab, “Real”ga murojaat qilgan, biroq “Qirollik klubi” uni qo‘yib yubormagan edi.
Endi madridliklar transferga ko‘ngan bir paytda Asensioning o‘zi boshqa jamoaga o‘tmasligini uqtirmoqda.
Marko joriy mavsumda 25 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga sakkizta gol va bitta golli pas yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar