Endi Ronaldu “Yunayted”ga qaytsa ham mana shu futbolchi soyasida qoladi!
“Manchester” Yunayted”ni qabul qilib olgan Erik ten Xag avvalgi bosh murabbiylar chetga surib qo‘ygan Antoni Marsyalni asosiy hujumchi qilib belgiladi.
Bosh murabbiy qarori bilan klub frantsiyalik futbolchini sotib qarorini o‘zgartirdi. Unga bir mavsum imkoniyat beriladi.
Daily Mail nashrining yozishicha, Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytgan taqdirda ham asosiy hujumchi sifatida Antoni Marsyal o‘ynaydi.
Marsyal o‘rtoqlik o‘yinlarida murabbiylar shtabi ishonchini oqlayapti. U uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar