
Eng badavlat klub darvozasini eng qimmat posbon qo‘riqlashi kerak
Yozda tarkibini yanada kuchaytirish bo‘yicha ish olib borayotgan “Nyukasl” rahbariyati “Chelsi” zaxirasida o‘tirgan Kepa Arrisabalagani transfer qilishni rejalashtirmoqda.
“Aristokratlar” 2018 yili “Atletik”dan ispaniyalik darvozabonni olish uchun 80 million evro xarajat qilgan. Bu futbol tarixida golkiperlar uchun to‘langan eng katta summa sifatida rekord hisoblanadi.
Shunga qaramay, Kepa ichonni oqlay olmadi. Keyinchalik asosiy tarkibdagi o‘rnini Eduar Mendiga boy berdi.
Arissabalaga bu mavsum o‘zi maydonga tushgan o‘yinlarni ancha ishonchli o‘tkaza olyapti. Bu fakt “Nyukasl” skautlari nazaridan chetda qolmadi.
Buyuk Britaniya hukumati “Chelsi”ga qo‘yilgan cheklovlarni yumshatib, futbolchilarning transferiga ruxsat berishi bilan “qarg‘alar” darvozabonni olish bo‘yicha ishga kirishadi.
Fikrlar