Eng zo‘r futbolchilar ichida Ronalduga joy topilmadi

  • 11.10.2020 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbol tarixi va statistikasi tadqiqot markazi (CIHEFE) Ispaniya ligasining eng kuchli futbolchilari reytingini tuzdi. Bunga 1928 yildan buyon ushbu ligada o‘ynagan 9724 nafar futbolchining natijalari asos qilib olindi.

Natijalar “Barselona” sardori Ispaniya chempionatining eng zo‘r futbolchisi ekanini ko‘rsatdi. Argentinalik hujumchi jami 695 ballga loyiq topildi. U o‘z davrida “Sporting” va “Barselona”da o‘ynagan Enrike Kastroni (566 ochko) ortda qoldirdi. “Barselona” tarkibida 13  mavsum o‘ynagan Sezar 557 ochko bilan uchinchi bo‘ldi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikdan Telmo Sarra (532), Raul Gonsales (528), Xuan Arsa (510), Karlos Alonso (489), Alfredo di Stefano (481), Gilermo Gorostiza (473), Manuel Fernandes “Paxino” (471), Fransisko Jento (467) joy oldi.

Zamonamizning yana bir yulduzi Krishtianu Ronaldu kuchli o‘nlikka kira olmadi. Portugaliyalik to‘purar 457 ball bilan 12-pog‘onada qayd etildi.

Menga Messi kerakmas!

Ronaldu baribir Messidan ustun!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!