Eriksen bu borada De Bryuynedan boshqa hammadan ustun

  • 4 yanvar, 2023, 10:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

MYu yarim himoyachisi Kristian Eriksen kecha "Bornmut"ga qarshi bahsda Kazemironing goliga assist berdi. Bu bilan u Premer-ligadagi 72-golli uzatmasini amalga oshirdi.

Daniyalik futbolchi 2013 yil sentyabrda o‘zining APLdagi debyutini amalga oshirgan. O‘shandan buyon faqat Kevin de Bryuyne turnirda Eriksendan ko‘proq golli uzatmaga muallif bo‘lgan (94).

Eslatib o‘tamiz, Eriksenning "qizil iblislar" bilan amaldagi bitimi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. U joriy mavsum klubi safida 16 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!