Erkin kurash bo‘yicha Olimpiya chempioni UFC ga o‘tmoqchi

  • 17.07.2024 20:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Erkin kurash bo‘yicha Olimpiya chempioni Zaurbek Sidakov Match TV telekanalida UFC jangchisi bo‘lish istagini bildirdi.

"Men sportda qolishni va yangi cho‘qqilarni zabt etishni xohlayman.  Ba’zi menejerlar menga Amerikaga uchishimni kutayotganini yozdi. Shuningdek, ular Olimpiya o‘yinlariga bormaganimdan afsusda ekanini aytdi. Keyinroq menejerlar Amerikaga uchishim uchun yordami kerak bo‘lsa, ular bajonidil bun uchun yordam berishni bildirdi. Men UFC ga o‘tib, katta pul ishlashni xohlayman. Yurtdoshlarimga esa Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishini tilayman. To‘g‘ri, bu yilgi Olimpiyadaga bora olmadim, biroq 2028 va 2032 yilgi musobaqalarda ishtirok etish maqsadim bor. Bu uchun allaqachon tayyorgarlikni boshlaganman. Men uchun hozirda eng muhimi, sog‘ligim yana kurashishga imkon berishidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!