Erkinov "Al-Vahda" tarkibida debyut o‘yinida maydonga tushdi

  • 10 fevral, 2024, 00:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yaqindagina Hojimat Erkinovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Al-Vahda" BAA kubogi doirasida "Al-Vasl"ga o‘ynab, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. 

Dastlab, Buftini hisobni ochgan bo‘lsa, Lima 30-daqiqada farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 66-daqiqada esa Nurolahi javob qaytardi. Erkinov ikkinchi taym boshida zaxiradan maydonga tushirildi. Vinger bir bo‘lim ichida 24 marta to‘pga teginib, 12 marta sheriklariga pas berdi. Shuningdek, 1 ta muvaffaqiyatli dribling ham ishlatdi. 

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Al-Vahda" BAA kubogidagi yurishini yarim finaldan to‘xtatdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!