Ermoso Bundesligaga ko‘chib o‘tmoqda

  • 28 yanvar, 17:09
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" safida harakat qilayotgan Mario Ermoso Bundesliganing "Bayer" klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. 

Fabritsio Romanoga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishdi. Ispaniyalik himoyachi mavsumning qolgan qismini leverkuzenliklar safida o‘tkazadi va maoshi to‘liq Germaniya klubi tomonidan to‘lab beriladi. 

Ermoso o‘tgan yozda erkin agent sifatida rimliklar tarkibiga kelib qo‘shildi. Shundan keyin futbolchi jamoa safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushirildi. 

Ma’lumot uchun, Mario transferini Xabi Alonsoning shaxsan o‘zi xohlagan va rahbariyatdan so‘ragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!